Muhammad Umarxoʻjayev




Muhammad Umarxoʻjayev (1910.5.1 – Toshkent – 1984) – Oʻzbekiston xalq artisti (1968). 1931—80 yillar Hamza teatrida aktyor. Turdivoy (Uygʻun, I.Sulton, „Alisher Navoiy“), Tixon (A.Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Doj (U.Shekspir, „Otello“), Saidobid (M.Shayxzoda, „Mirzo Ulugbek“), Zokir (A.Muxtor, „Samandar“) kabi rollari bilan tanilgan. Qahramon xarakterini boʻrttirib gavdalantirish, ularni koʻtarinki, joʻshqin ifodalash U. ijodiga xos.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz