Muhammad Surxakatiy
Muhammad Surxakatiy (arabcha: محمد سرهاقاتي — Muhammad Surxakatiy — Toʻliq ismi: Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh
ibn Foil Surxakatiy (vafoti 1124-yil)) — imom.
Hayoti
Muhammad Surxakatiy XI asr ikkinchi yarimida "Surxakat" qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni „Surxakat“ qishlogʻida olgan. Keyinchalik ilm-maʼrifatini ziyoda qilish niyatida Samarqandga koʻchib kelib, shu yerda muqim yashab qolgan. U hanafiy mazhabining taniqli imomlaridan biri boʻlgan. Muhammad Surxakatiy „Majdu-l-aimma“ va „Majdu-d-din“ degan sharafli laqablarga ega boʻlgan. Alloma Xosimiy „Al-fatovo“ asarida Muhammad Surxakatiy biln birga Buxoroga borganligini taʼkidlab oʻtgan.
Vafoti
Muhammad Surxakatiy 518/1124-yili Samarqand shahrida vafot etgan..
Manbalar
Adabiyotlar
Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2018.
uz.wikipedia.org