Muhammad Sultonov




Muhammad Aliyevich Sultonov (1915.2.2 — Toshkent — 1980.12.7) - gelmintolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), biol. fanlari doktori (1963). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya institutida kichik ilmiy xodim (1941—43), katta ilmiy xodim (1943—56), gelmintologiya laboratoriya mudiri (1956—78), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktor (1962— 66). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning uy va ov xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan parrandalari gelmintlari, ot oshqozon boʻkasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar parazitofaunasini oʻrganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz