Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqiy




Muhammad Sharif ibn Muhammad Naqiy (19-asr) — buxorolik tarixchi olim. Hayotiga oid maʼlumot saqlanmagan. Buxoro xonligi tarixiga oid "Toj uttavorix" ("Yil-nomalar toji") asarini yozgan (1800). Unda Chingizxon va avlodlari, shayboniylar va ashtarxoniylar tarixi, mangʻitlarning shajarasi, amir Haydar hukmronligining dastlabki yillaridagi voqealar xususida soʻz boradi. Asarning 2 nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida sak,panada.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz