Muhammad Shakoniy
Muhammad Shakoniy (arabcha: محمد الشكانى — Abulmuʼayyad Muhammad ibn Abdulxoliq ibn Muhammad ibn Said ibn Ali ash-Shakoniy) — Faqih va qozi.
Muhammad Shakoniy 448/1056 yili Buxoroga qarashli Shakon qishlogʻida Abdulxoliq ibn Muhammad xonadonida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni shu yerda olgan. Keyinchalik fiqh ilmini puxta egallagan. Soʻng Samarqandda bir muddat qozilik lavozimida faoliyat olib borgan. Keyin Keshda 30 yil qozilik qilgan.
Vafoti
Muhammad Shakoniy 520/1126 yili 23 rajab oyida yakshanba kuni Keshda vafot etgan.
Adabiyotlar
Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
uz.wikipedia.org