Muhammad Sakizli
Muhammad Sakizli (1892-yil –14 -yanvar 1976-yil ) 1950-yil 18-martdan 1951-yil 24-dekabrgacha Kirenaika Bosh Vaziri boʻlib ishlagan inson. U keyinchalik 1954-yil 19-fevraldan 12-aprelgacha Liviya Bosh Vaziri sifatida ham faoliyat yuritgan.
Shaxsiy hayot
Sakizlining asli turk boʻlgan. Uning familiyasi (Sakizli) Usmonli turk tilidagi Sakiz soʻzidan kelib chiqqan.
Kirenaika hukumati
1949-yil 1-iyunda amir Idris Kirenaika amirligining mustaqilligini eʼlon qildi. Garchi mustaqillikdan keyin ham Buyuk Britaniya taʼsiri yuqori boʻlgan boʻlsa-da, yangi hukumatni shakllantirish zarur edi. Omar Pasha El Kikhia boshchiligidagi qisqa hukmronlik qilgan hukumat qulagandan soʻng Muhammad Sakizli 1950-yil mart oyida yangi vazirlar mahkamasini tuzdi. 1951-yil 24-dekabrda Qirol Idris I Liviya mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng Sakizlining univoni oʻzgardi. U Kirenaika gubernatori etib tayinlandi va shu lavozimda 1952-yil maygacha faoliyat yuritdi. 1952-yil mayda Sakizli Liviya federal hukumati tomonidan Taʼlim vaziri etib tayinlandi. Keyin 1953-yil sentyabrda lavozimi qirollik byurosining boshligʻiga oʻzgartirildi.
Bosh Vazir
1954-yil fevralda Sakizliga hukumatni tuzish topshirigʻi topshirildi, ammo uning bu huquqi koʻpga choʻzilmadi. 1954-yil 5-aprelda Liviya Oliy sudi 1954-yil 19-yanvarda Tripolitaniya qonunchilik kengashini tarqatib yuborish toʻgʻrisidagi qirollik buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bundan soʻng Tripolida Tripolitaniya gubernatori As-Siddig al-Mutassir boshchiligida Qirol Idrisning qarorini bekor qilgan sud qaroriga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.
Tripolida namoyishlar oʻtkazilayotgan bir paytda 7-aprelda Vazirlar mahkamasi chaqirildi va gubernator al-Mutassir sud qarorlarini rad qilgan holda qonunchilik saylovlarini oʻtkazishni davom ettirdi. Soʻng Sakizli Idrisga telefon qilib, hokim al-Mutassirga saylovlarni toʻxtatishni buyuradi, shekilli, qirol bunga rozi emas. Keyingi kun Sakizli isteʼfoga chiqishini talab qiluvchi qirol xabarini qabul qiladi.
Vazirlikdan keyingi yillar
Sakizli Liviyada federal tizim bekor qilinganda 1962-yil 26-dekabrdan 1963-yil 26-aprelgacha yana Kirenaika gubernatori etib tayinlanadi.
Sakizli 1976-yil 14-yanvarda vafot etadi.
Qaydlar
Qoʻshimcha havolalar
uz.wikipedia.org