Muhammad Rafiqov




Rafiqov Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1966—67 yillar Hamza teatrida, 1967—83 yillar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 yillar direktor), 1983-yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rej.i.Hamlet (U. Shekspir, "Hamlet"), Temirxon ("Nerkes"), Xlestakov ("Revizor"), Yoʻldosh ("Qopqon"), Ibn Sino ("Ibn Sino"), Shoh Bahrom ("Dilorom"), Nodir ("Oltin devor"), Karimov ("Komissiya") kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, "Rustam va Suqrob"; Vali, "Siyovush haqida qissa"; Akrom, "Laylak keldi, yoz boʻldi"; Usmonbek qoʻrboshi, "Afsonaga aylangan qiz" va boshqalar) va telefilmlar Shayboniyxon, "Bobur"; Akbarali mingboshi, "Kecha va kunduz"; Imom Buxoriy, "Imom alBuxoriy"; Amir Temur, "Sohibqiron"; Abdurahmon tabib, "Shaytanat"; Ibn Sino, "Hakim va ajal")da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. R. inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz