Muhammad paygʻambar muzeyi




Muhammad paygʻambar muzeyi (arab. متحف النبي محمد) — Iordaniyaning Amman shahrida joylashgan Muhammad alayhissalom haqidagi muzey. Muzey 2012-yil 15-may kuni Amman shahridagi Al-Husayn jamoat bogʻida joylashgan Qirol Husayn masjidida Iordaniya qiroli Abdulloh II ishtirokida ochilgan.

Muzeyda Muhammad alayhissalomning ba’zi buyumlari, jumladan, soqollarining bir tuki va Vizantiya imperatoriga Islomni qabul qilishga undab yozgan maktublari saqlanadi. Muzey, shuningdek, Muhammad alayhissalom Islomdan oldingi davrda savdo qilish uchun Shomga ketayotganlarida toʻxtab, u zot soyasida dam olgan daraxt koʻchatini ham oʻz ichiga oladi. Daraxt Badia mintaqasida joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz