Muhammad Omiliy




Muhammad Omiliy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ va ziyrak kishiligi, koʻp vaqt Sharafiddin Ali Yazdiy xizmatida boʻlgani va u zotning eʼtiboriga tushganligi haqida maʼlumot beradi. Muhammad Omiliyning sheʼr turlaridan koʻproq muammoga moyilligi koʻp boʻlgan. “Majolis un-nafois”da uning “Noʻyon” ismiga bitilgan muammosi keltirilgan. Muhammad Omiliyning oʻgʻli ham shoir boʻlgan. Qabri Nishopurda.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz