Muhammad Olim
Muhammad Olim (14–15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan samarqandlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mirzo Ulugʻbekka hamsaboq va musohib boʻlgani, qoʻrqmas va betakalluf kishi ekani, sultonning suhbatlarida oʻzini gʻoyat beandisha tutganligi uchun Mirzo Ulugʻbek uni Samarqanddan surgun qilgani va Hirotga kelib, shu yerda vafot etganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Mo siyahbaxtemu badroʻzemu axtarsoʻxta,
Shamʼi maqsude ba umri xud shabe nafroʻxta.
Mazmuni: Biz baxti qaro, yomon kunga qolgan va yulduzi soʻngan kishimiz; butun umrimiz davomida biror kecha ham maqsadimiz shami yonmagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org