Muhammad Muso Turkistoniy Gʻoyib Nazar oʻgʻli




Muhammad Muso Turkistoniy Gʻoyib Nazar oʻgʻli (1904, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani — 1991, Madina) — tarixchi olim va maʼrifatparvar. Ulamo oilasida tugʻilgan. 2 yoshligida ota-onasi bilan Andijonga koʻchib kelgan. Arab, fors va rus tillarini puxta oʻrgangan. "Ittihodi islom" jamiyati aʼzosi (1919). Ota-onasi bilan birga Qashqarga muhojirlikka joʻnab ketishga majbur boʻlgan (1926). Haj safariga borib, Saudiya Arabistonida yashagan va savdotijorat bilan shugʻullangan (1929-31). 1931-yilda Qashqarga qaytib, uygʻur xalqining Xitoyga qarshi milliy ozodlik harakatiga faol qatnashgan. Tazyiq kuchaygach, Qashqardan ketib Kobul (1934— 37), Makka va Madinada yashagan. Arab matbuotida tarixiy, adabiy va siyosiy maqolalar bilan qatnashgan. M.M.T. "Kommunizmning chehrasi" (1966), "Ulugʻ Turkiston fojiasi" (1979, 1jild), "Aqoyid", "Besh masala", "Zamzam va tarixi" va boshqa asarlar yozgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz