Muhammad Mashally
Doktor Mohamed Mashally (1944 — 28 iyul, 2020) yoki „
kambagʻal odamlar shifokori “ nomi bilan mashhur boʻlgan misrlik shifokor boʻlib, kambagʻal bemorlarni juda arzon narxlarda yoki bepul davolab kelgani bilan tanilgan. Mashally shifokorlik faoliyatini 50 yildan ortiq davom ettirgan.
Yoshligi
Mashally Misr shimolida joylashgan Beheira gubernatorliga qarashli Dahr El Temsah qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi oʻqituvchi edi. Keyinchalik bu oila Gharbiya gubernatorligidagi Tanto shahriga koʻchib oʻtgan. Qasr Al-Eini tibbiyot fakultetida tahsil olgan Mashally turli kasalliklar, jumladan, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis ham edi.
1975-yilda Mashally Gharbiyada oʻz xususiy klinikasini ochadi. Shundan soʻng u bemorlardan tibbiy koʻrik uchun atigi £5 (Misr lirasi) olgan. Koʻp yillar davomida faoliyat olib borgan klinika oʻz toʻlovlarini keyinchalik £E 10 ga oshiradi, Mashally kambagʻal bemorlar uchun tez-tez bepul tekshiruvlarni ham amalga oshirib kelgan.
Oʻlimi
Mohamed Mashally 2020-yil 28-iyul kuni Gharbiya gubernatorligining Tanto shahrida vafot etadi va oʻzi tugʻilgan Bexeyra gubernatorligiga dafn qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org