Muhammad Kudus
Mohammed Kudus (2000-yil 2-avgustda tugʻilgan) — ganalik professional futbolchi, Eredivizionning „Ayaks“ klubi va Gana milliy jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Nordsjælland
Kudus 2018-yilning yanvar oyida ikki jamoadoshi Ibrohim Sodiq va Gideon Mensa bilan birga 10 yoshida Gananing „Dream to Dream“ akademiyasidan Daniyaning Nordsjælland klubi safiga borib qoʻshildi.
Kudus Nordsjælland safidagi rasmiy debyutini 18 yoshga toʻlganidan atigi uch kun oʻtib, Brøndby IF klubiga qarshi (0:2) oʻyinda amalga oshirdi. U birinchi daqiqalardan hujumchi sifatida oʻynadi, ammo tanaffusda almashtirildi. Oʻzining debyuti bilan u klub tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchilar orasida toʻqqizinchi boʻldi.
Ayaks
2020-yilning 16-iyulida, Kudus Eredivizionning „Ayaks“ klubi bilan 9 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi rasmiy debyutini 20-sentabr kuni „RKC Waalwijk“ jamoasiga qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi. Keyinroq bosh murabbiy Erik ten Xag Kudusni „ajoyib salohiyatga ega“ futbolchi deb atadi. U kuchli oʻyinlar namoyish qilishda davom etdi, dastlabki uchta oʻyinda bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi debyuti 2020-yil 21-oktabr kuni "Liverpul" klubiga qarshi uy uchrashuvida sodir boʻldi, ammo bu oʻyin u uchun omadsiz yakunlandi. Kudus jarohat olgani uchun tezda almashtirildi va bir necha oy davomida maydonda koʻrinish bermadi.
2022-yil 7-sentabrda, Kudus Chempionlar ligasidagi ilk golini "Reynjers" klubiga qarshi o‘yinda (4:0) kiritdi.
Xalqaro faoliyati
2019-yildan beri u Gana terma jamoasi tarkibida oʻz oʻrniga ega boʻlib, bir nechta gollarda ishtirok etdi. Uning yorqin oʻyini 2022-yilgi Jahon chempionati doirasida Janubiy Koreyaga qarshi oʻyinda sodir boʻldi va u 2 ta gol urdi va uning jamoasi 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.
Shaxsiy hayoti
Kudus etnik hausa va musulmon hisoblanadi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar[12]
Xalqaro
Ballar va natijalar birinchi navbatda Gananing gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Kudus golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi[13].
Yutuqlari
Ajax Shaxsiy Izohlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org