Muhammad Jaʼfar




Muhammad Jaʼfar (15-asr) – xurosonlik fors shoiri, Muhammad Ali Koʻkaldoshning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning otasi Mashhad dorugʻasi (bosh mirshab) ekani, oʻzining yaxshi nazmiy taʼbi borligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

On shabki, shamʼi chehraro az tob meafroʻxti,

Rahme nakardi bar manu parvonavoram soʻxti.

(Mazmuni: Ul kecha chehrang shamini yal-yal yondirganingda menga rahm qilmay, xuddi parvonadek kuydirding)[1][2].

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz