Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy
Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy (arabcha: محمد بن عثمان سمرقندي علي ابادي — Muhammad ibn Usmon Samarqandiy Aliobodiy — Toʻliq ismi: Imomu-l-Jalil Husomu-l-milla va-d-din Muhammad ibn (vafoti. 642/1245 yil.)) — Hofiz va mufassir.
Faoliyati
Muhammad Ibn Usmon Samarqandiy Qur'on qiroati boʻyicha oliy darajaga yetgan hofiz. Alloma 20 yil davomida Samarqanddagi jome masjidlarda Qur’oni karimni juma namozida xatm tushirib, shuhrat qozongan edi.
Asarlari
Toʻrt jildlik „Mutoala fi-t-tafsir“ („Tafsirni qanday mutolaa qilish kerakligi haqida“) nomli mashhur asarini yozib qoldirgan.
Vafoti
Alloma hij. 642-yili zulhijja oyining 18-kuni (milodiy. 1245-yil. 7-may) juma kuni vafot etgan. Qabri hozir Samarqand viloyatining Chelak tumaniga qarashli Aliobod qishlogʻi qabristonidadir.
Manbalar
uz.wikipedia.org