Muhammad ibn Umar al-Kashshiy
Abu ʿAmr Muhammad ibn ʿUmar ibn ʿAbd al-Aziz al-Kashshiy (arabcha: أبو عمرو محمد بن عمر بن عبد العزیز الکَشّي) (tugʻilgan sanasi nomaʼlum — milodiy 941 yoki 951 yoki 978-yillarda vafot etgan)
al-Kashshiy yoki (forscha)
Kashshi nomi bilan tanilgan. Uning biografik baholanilishi (ʿilm al-rijāl) ahamiyatli va hadis ilmiga ixtisoslashgan oʻn ikki shia olimidan biri boʻlgan. U shia rijāl adabiyotidagi toʻrtta asosiy manbadan biri boʻlgan yirik biografik asar boʻlgan Rijāl al-Kashshī asarining muallifi hamdir. Al-Kashshiyning asl qoʻlyozma asarlari hozirga qadar saqlanib qolinmagan, biroq u yozgan kitoblarning bir qismi Shayx Tusiy (995—1067) tomonidan Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl deb nomlangan qisqartmaga kiritilgan.
Hayot yoʻli
Al-Kashshiyning aniq tugʻilgan yili aniq emas. Biroq u Muhammad ibn Yaʼqub al-Kulayniy (864-941) ning zamondoshi boʻlgan. Mazkur shaxs Kitāb al-Kāfī asari muallifi boʻlganligi bilan maʼlum va mashhur. Al-Kashshiy va al-Kulayniy Muhammad ibn Ismoil an-Naysaburiy kabi bir qancha ustozlar hamda Ibn Qulavayh kabi hadis ilmining namoyondalarining koʻzga koʻringan shogirdlari bilan birga faoliyat olib borishgan. Bu al-Kashshiyni taxminan al-Kulayniy bilan bir vaqtda, yaʼni 9-asr oʻrtalari va 10-asr oʻrtalari oraligʻida yashaganligidan dalolat beradi.
U Movarounnahrning (hozirgi Oʻzbekiston) Kesh yoki Kish (hozirgi Shahrisabz nomi bilan mashhur) nomi bilan tanilgan shahrida tugʻilgan.
Yozgan qoʻlyozmalari
Al-Kashshiyning barcha asarlari bugunga kunga qadar saqlanib qolmay, yoʻq boʻlib ketgan. Biroq, Rijāl al-Kashshī nomi bilan mashhur boʻlgan bir asari, Shayx Tusiy (995—1067) tomonidan yozilgan Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl nomli qisqartma kitobda saqlanib qolingan. Bu asar hadis roviylarining biografik baholanishiga bagʻishlangan boʻlib, undan koʻzlangan maqsad alohida rivoyat qiluvchilarni ishonchli deb hisoblash va islom taʼlimotining asosiy manbalaridan biri boʻlgan rivoyatlarini qabul qilish yoki rad etish kerakligini aniqlashdan iborat edi.
Ikhtiyār maʿrifat al-rijāl shia biografik (rijāl) adabiyotidagi eng muhim toʻrtta asardan biri hisoblanadi.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org