Muhammad ibn Solih Karobisiy




Muhammad ibn Solih Karobisiy (arabcha:محمد بن صالح كروبيسي — Muhammad ibn Solih Karobisiy — Toʻliq ismi:Abulfazl Muhammad ibn Solih ibn Mahmud ibn Haysam Karobisiy Ushtobdiyzakiy Samarqandiy (vafoti 322/934-yil)) — Muhaddis va roviy.

hayoti



Muhammad ibn Solih Karobisiy hadislarni koʻp aytadigan ishonchli va fozil inson boʻlgan. Samarqand va Bagʻdodda ilm ahliga mansub boʻlgan jamoalarning juda koʻp vakillari, jumladan, Abdulloh ibn Abdurrahmon Doramiy, Abu Hafs Umar ibn Xuzayfa Karobisiy Bohiliy, Shuʼayb ibn Lays Kogʻaziy, Yoqub ibn Yusuf Luʼluʼiy, Ali ibn Dovud Qantariy, Abbos ibn Muhammad Duriy, Muhammad ibn Isʼhoq Sugʻoniy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan.
Oʻz navbatida koʻpchilik ulamolar Muhammad ibn Solih Karobisiydan hadis rivoyat qilganlar. 322/934-yilda vafot etgan.
Alloma „Furuq fi furu’i-l-hanafiyya“ („Hanafiyya mazha-bi shoxobchalaridagi farqlar“) asari muallifi bo‘lgan.

Asarlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz