Muhammad ibn Jibril Xarqoniy
Abu Bakr Muhammad ibn Jibril ibn Yahyo ibn Jibril ibn Solih ibn Yusuf Xarqoniy — muhaddis.
AAbu Bakr Muhammad ibn Jibril ibn Yahyo ibn Jibril ibn Solih ibn Yusuf Xarqoniy 452/1060-yili Xarqona qishlogʻida tavallud topgan boʻlib, dastlabki ilmni oʻz qishlogʻida olib, keyinchalik ilm talabi bilan Samarqandga kelib muqim yashagan.
Alloma hadislarni Abulqosim Mahmud ibn Ahmad Zahriy Xarqoniydan rivoyat qilgan. Undan esa Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy rivoyat qilgan. Alloma 522/1128-yili Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org