Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy




Muhammad ibn Ibrohim ibn Habib ibn Sulaymon ibn Samra ibn Jundab al-Fazoriy (vafoti: 796 yoki 806) Musulmon faylasuf, matematik va astronom boʻlgan. Uni uning otasi Ibrohim al-Fazoriy bilan adashtirmaslik lozim. Baʼzi manbalar uning Arab boʻlganini taʼkidlasa, boshqalari uni Forsligiga ishora qiladi. Al-Fazoriy koʻplab ilmiy kitoblarni arab va Fors tillariga tarjima qilgan. U Islom olamida birinchi astrolyabiyani qurganligi haqida aytiladi. U Yoʼqub ibn Toriq va otasi bilan birga Brahmagupta tomonidan yozilgan Hindcha astronomik asar Brāhmasphuṭasiddhānta yoki Sindhindni Arab tiliga Az-Zij ala Sini al-Arab nomi ostida tarjima qilgan. Ehtimolki, aynan shu tarjima Hind raqamlari tizimining (yaʼni zamonaviy koʻrinishdagi tizim) Hindistondan Eronga koʻchishiga sabab boʻlgan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz