Muhammad ibn Hasan Yorkasiy




Muhammad ibn Hasan Yorkasiy  — (1055—1126 yillar) roviy va faqih bo‘lgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Hasan ibn Jaʼfar ibn Ali ibn Ahmad Yorkasiy 447/1055—yilda Ustrushananing „Yorkas“ qishlogʻida tug‘ilgan. Keyinchalik Samarqandga koʻchib oʻtadi va shu yerda muqim yashaydi. Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy alloma haqida shunday deydi: „Doʻstimiz Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Yorkasiyning otasi Samarqandda yashab, qozi imom Muhammad ibn Ahmad Xaffofdan fiqh ilmidan taʼlim olgan“. Muhammad ibn Hasan Yorkasiy hadislarni Abu Bakr ibn Hamza Madiniy vositasida qozi Abu Ali Hasan ibn Muhammad ibn Jaʼfar Faqoiydan eshitib, yozib olgan. 520/1126—yilda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz