Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy




Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy (arabcha:محمد بن حسن استروشاني — Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy — Toʻliq ismi:Abu Jaʼfar Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin Ustrushaniy (953-1016-yillar)) — faqih.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy 342/953-yilda Ustrushanada tavallud topgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Fiqh ilmidan tahsil olish maqsadida 366/976-yili 23-yoshida Bag‘dodga borib, u yerda shayx Saymariy va qozilar qozisi Abu Abdulloh Domig‘oniylarga shogird tushadi. Muhammad ibn Hasan Ustrushaniy tahsil olib bo‘lganidan so‘ng Baytul Muqaddasga borib, u yerda muqim yashab qoladi. Umrining oxirida yana Bag‘dodga qaytib kelib, shu yerda 407/1016-yili vafot etadi. Uning o‘g‘li Iroqning Mosul shahri yuqorisida joylashgan Ibn Umar orolidagi kurdlarning mustahkam kichkina Fanak nomli qal’asida qozi bo‘lgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz