Muhammad ibn Hasan Kosoniy




Muhammad ibn Hasan Kosoniy (arabcha: محمد بن حسن كاساني — Muhammad ibn Hasan Kosoniy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Hasan
Burhoniddin Kosoniy (vafoti XII asr)) — Faqih.

Faoliyati



Muhammad ibn Hasan Kosoniy fiqh ilmining usul (islom huquqi asoslari) va furu (amaliy islom huquqi) bo‘limlarida mukammal ilmga ega bo‘lgan. Zamondoshlari orasida ko‘p hadis yod olganligi bilan ham tanilgan. Najmiddin Umar Nasafiy va Abulyusr Pazdaviyning shogirdi bo‘lgan. O‘z navbatida Ashraf ibn Najib ibn Muhammad Abulfazl Kosoniy, Muhammad ibn Abdulkarim Turkistoniyga ustozlik qilgan. Manbalar uning 576/1181-yil haj safari chog‘ida Bag‘dodda bo‘lganligini maʼlum qiladi. Samarqandda yashab ijod qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz