Muhammad ibn Hasan Gʻubdiniy




Muhammad ibn Hasan Gʻubdiniy  — (XI —XII asrlar) roviy, imom. Toʻliq ismi Muhammad ibn Hasan ibn Mansur Gʻubdiniy.

Hayoti va faoliyati




Muhammad ibn Hasan Gʻubdiniy juda koʻplab shaharlarga borib, jumladan, Marv shahrida Abu Toyyib Tohir ibn Hasan Matu’iy va Abu Ali Husayn ibn Ali Lomishiydan, Buxoroda Abu Hafs Umar ibn Abi Bakr Subhiydan va Samarqandda Abu Muhomid Mahmud ibn Ahmad Sogʻarjiylardan hadislar yozib olgan.

Vafoti



Muhammad ibn Hasan Gʻubdiniy hijriy 505-yil (milodiy 1111-yili avgust oyi)da Buxoroda vafot etgan..

Adabiyotlar



Atayev M. «Jizzax allomalari». 90-bet.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz