Muhammad ibn Fazl Balxiy




Muhammad ibn Fazl Balxiy  — (vafoti 931-yil.) Muhaddis, soʻfiy va mutakallim boʻlgan.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Fazl ibn Abbos ibn Hafs Balxiy  ahli sunna val jamoa ulamolaridan b-b, sunniy tasavvuf bilimdoni boʻlgan.
Muhammad ibn Fazl Balxiy Balxda yashab, mashhur shayx Ahmad Xizruyaning (vafoti. 240/854-yil.) shogirdi boʻlgan. Balxdan haydalib, Samarqandda yashagan va shu yerda 319/931 y. vaf.e. Muhammad ibn Fazl Balxiy mashhur olimlar Abulqosim Ishoq ibn Muhammad Samarqandiy va Abu Mansur Moturidiy Samarqandiylarga ustozlik qilgan. Abu Abdurrahmon Sullamiy: „Xuroson mashoyixlarining ulugʻlaridan boʻlgan“, — deydi.
Muhammad ibn Fazl Balxiy Ibn Imodning „Shazarotu-z-zahab“, Ibn Mulqinning „Tabaqotu-l-avliyo“ va V. V. Bartoldning „Turkistonning madaniy hayoti tarixi“ nomli asarida eslatib oʻtilgan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz