Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy




Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy (arabcha: محمد بن علي ميمرغي — Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abu Mushhid Muhammad ibn Ali ibn Muhammad Maymurg‘iy Nasafiy (vafoti 535/1141-yil)) — Muhaddis va roviy.

Hayoti



Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy zohid, solih, vazmin purviqor kishi bo‘lib, ahli ilmlardan bo‘lgan. Xalq orasida solih kishilardan deb yuritilib, hadis ilmi borasida ishonchli kishilardan hisoblangan. Buxoroda istiqomat qilgan. Abulyusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn Pazdaviy, Abu Bakr Muxammad ibn Hasan ibn Mansur Nasafiy, Abu Ato ibn Ahmad Harviy kabi allomalar unga hadis rivoyat qilishga ruxsat berishgan.

Vafoti



Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy 535/1141-yilda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz