Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy
Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy (arabcha: محمد بن أحمد ميمرغي — Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abulmuayyad Muhammad ibn Ahmad ibn Mahmud ibn Muhammad ibn Nasr ibn Muso ibn Ahmad Maymurg‘iy Nasafiy (442/1050-yil tug‘ilgan)) — Muhaddis va roviy.
Hayoti
Muhammad ibn Ahmad Maymurg‘iy muhaddis, olim, imom, fozil kishi bo‘lgan. Hijoz va boshqa shaharlarga borib, u yerdagi allomalardan hadis eshitgan va rivoyat qilgan. Najmiddin Umar Nasafiyning yozishicha, alloma 442/1050-yil „Maymurg‘“ qishlog‘ida tavallud topgan.
Manbalarda Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad Imodiy Kardariy (vafoti 642/1244-yil) undan taʼlim olganligi haqida keltirilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org