Muhammad Buxoriy




Muhammad Buxoriy (toʻliq nomi Muhammad Said binni Mirzo Buxoriy, 17-asr) — musavvir; Kamoliddin Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandsh anʼanalarining davomchisi. M.B. yaratgan miniatyuralar adabiy asarlarning, tasviriy bayoni boʻlishi bilan birga mahalliy xalqning koʻchmanchilik turmushi, qishloq hayotining badiiy ifodasi sifatida ham qimmatli. Jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshu-noslik institutida saqlanayotgan Durbekning "Yusuf va Zulayho" dostoniga ishlagan 5 ta moʻʼjaz rasmlari saqlangan. M.B. rasmlaridan biri "Yusuf va uning ogʻalari" (1616) asarida tiniq ranglar, asar syujetining aniq tafsiloti orqali monumental ruhdagi miniatyura yaratishga muyassar boʻlgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz