Muhammad bin Fazl Balxiy (tasavvuf shayxi)




Muhammad bin Fazl Balxiy (vaf. 960) – “Nasoyim ul-muhabbat”da zikr etilgan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Mutaassiblar uni Balxdan badargʻa qilganlaridan keyin Samarqandga borib, bir muddat qozilik qilgan. Haj safariga borganida Nishopurda tasavvuf haqiqatlari boʻyicha vaʼz aytgan. Ali bin Bundor bin Husayn Soʻfiy Sayrafiy, Abu Ali Juzjoniy, Abdulloh bin Muhammad Roziy, Abu Usmon Hiriy suhbatidan bahramand boʻlgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz