Muhammad as-Saraxsiy




Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl as-Saraxsiy (forscha: محمد بن احمد بن ابي سهل ابو بكر السرخسي ‎ — islom dinshunosi, hanafiy mazhabi huquqshunosi. Xalq orasida Shams ul-Aimma (arabcha: شمس الأئمة ‎— rahbarlar quyoshi) nomi bilan mashhur boʻlgan.

Biografiyasi



Muhammad as-Saraxsiy hozirgi Eron va Turkmaniston chegarasida joylashgan Katta Xurosonning Seraxs shaharchasida tavallud topgan.

Vafot etgan sanasi baʼzi manbalarda hijriy 483-yil (milodiy 1090-yil), ayrim manbalarda esa hijriy 490-yil (milodiy 1096-yil) deb koʻrsatiladi. As-Saraxsiy hanafiylikning buyuk faqihlaridan biri boʻlgan, shuningdek, al-Bazdaviyning ustozi Abdulaziz al-Halvoniydan (vafoti: hijriy 448 (milodiy 1056) tahsil olgan.

Muhammad as-Saraxsiyning yoshlik yillari haqidagi bizgacha yetib kelgan maʼlumotlar juda kam. Ayrim manbalarga koʻra, as-Saraxsiy hukmdorlikka oid bir huquqiy masala bo‘yicha oʻz fikrini ochiq bildirgani uchun qamalgan, yaʼni mamlakat podshohining cho‘ri bilan turmush qurishini noqonuniy deb hisoblab, podshohni tanqid qilgan va shu sababli hayotining taxminan oʻn besh yilini qamoqda oʻtkazgan. As-Saraxsiy qamoqdalik yillarida „Mabsut“ va oʻzining boshqa bir nechta muhim asarlarini yozgan. U juda kuchli xotiraga ega boʻlib, qamoqda yashagan yillarida boshida kechirgan koʻplab voqealarni juda yaxshi eslab qolgan va keyinchalik ularni qogʻozga tushirgan.

As-Saraxsiyning huquq sohasida juda katta maʼlumotga ega shaxs boʻlgan, shuningdek, u oʻz davrining atoqli yozuvchilaridan biri deb hisoblashgan. U hanafiylik mazhabining obroʻli huquqshunoslaridan biri bo‘lib, ushbu mazhab vakillari orasida „shubhangiz bo‘lsa, Saraxsiyga ergashing“ mazmunidagi soʻzlar tarqalgan. Al-Qosoniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy kabi buyuk shaxslar ham o‘zlarining fiqhga oid mashhur „Badoye as-sanoye“ va „Al-Hidoya“ asarlarida, asosan, as-Saraxsiyning „Al-Mabsut“ va „Usul as-Saraxsiy“ asarlarida keltirilgan munozaralar va huquqiy dalillariga tayanganlar.

XIX asr hind musulmon olimi Abdulhay al-Laknaviy as-Saraxsiyni Abu Jaʼfar at-Tahoviy kabi olimlar bilan bir qatorda Abu Hanifa shogirdlari (Abu Yusuf va Muhammad ash-Shayboniy)dan keyingi buyuk huquqshunoslar deb hisoblagan.

Muhim ishlari



As-Saraxsiyning eng muhim asarlari:

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz