Muhammad Arzakiyoniy
Muhammad Arzakiyoniy (arabcha: محمد الارزكيانى — Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Hasan ibn Ali ibn al-Hasan ibn Nasr ibn Boboj al- Arzakiyon al-Arzakiyoniy al-Buxoriy) — Roviy.
Muhammad Arzakiyoniy Buxoro ahlidan boʻlgan. U Arzakiyondan chiqib, Chinga borgan, undan kema orqali Basraga oʻtgan. U erda Ali ibn Abu Tolib (raziyallohu anhu)dan islomni qabul qilgan.
Ustozlari va shogirdlari
Buxoroda Sahl ibn Mutavakkil, Sahl ibn Bashr al-Kindiydan va Bagʻdodda Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Bashr ibn Muso al-Asdiylardan hadis ilmining sir-asrorlarini oʻrgangan va hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda Muhammad Arzakiyoniydan oʻgʻli hadis rivoyat qilgani qayd etilgan.
Vafoti
Muhammad Arzakiyoniy 344/955-yili shaʼbon oyida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org