Muhammad ar-Rohuviy
(Abul Hasan) Muhammad ibn Isʼhoq ibn Ibrohim al-Hanzaliy al-Marvaziy ar-Rohuviy (hijriy 289-yil (milodiy 902-yil)da vafot etgan) — Abu Yaʼqubning oʻgʻli. Marvda tugʻilgan va Nishopurda oʻsib-ulgʻaygan. Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Misr yurtlarida hadis yozib olgan. Fiqh ilmi boʻyicha olim boʻlgan. Yaxshi siyratli va hadisga amal qiluvchi olim boʻlgan. Avval Marvda, soʻngra Nishopurda qozilik lavozimida ishlagan. Ulamolardan rivoyat qilgan va undan boshqalar rivoyat qilganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org