Muhammad Arfudiy
Muhammad Arfudiy (arabcha: محمد الارفودى — Abu Ahmad Muhammad ibn Mahfuz al-Arfuduviy) — Roviy.
Muhammad Arfudiy X asr boshida Samarqand tumanlaridan biri Karmanaga qarashli Arfud qishlogʻida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Karmanada olgan. 320/932 yilda Ishtixon va Kushoniya oʻrtasidagi Xushufag'on qishlog'iga kelgan. U erda muhaddis Abu Hafs Bujayriydan Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "Kitabu at-tarix al-avsat“ kitobini oʻrgangan. Undan tashqari jaʼfar ibn Nazir al-Karmaniydan ham taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan. Muhammad Arfudiy oʻzi toʻqib bironta hadis aytmagan va rivoyat qilmagan.
Vafoti
Muhammad Arfudiy taxminan 380/990-yilda vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org