Muhammad an-Naysoburiy
Muhammad ibn Hasan ibn Husayn ibn Mansur an-Naysoburiy Tojir (Abu Hasan) — muhaddis. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Otasi Hasan ibn Husayn va amakisi Abdus ibn Husayn ham mashhur muhaddis edilar. Muhammad ibn Hasan ilm talabi bilan Xuroson, Jibol, Iroq va Buxoroga borgan. U milodiy 960-yil (hijriy 349-yil) ko‘zlari ojiz bo‘lib qolib, milodiy 966-yil (hijriy 355-yil) vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org