Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi




Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi — Buxoroda saqlanib qolmagan madrasa. Oʻzbek hukmdori Amir Shohmurod (1785—1800) davrida amirning davlatni boshqarishdagi eng yaqin kishilaridan biri va harbiy vaziri — Muhammad Amin toʻpchiboshi donatorligida Buxoro amirligi poytaxtining Quyi murgʻkush guzarida bunyod etilgan. 15 hujradan iborat edi. Madrasa 1925—1929-yillarda buzib yoʻq qilingan. Uning bizgacha S. M. Prokudin-Gorskiy tomonidan 1911-yilning taxminan may oylaridagi tushirilgan rangli va boshqa yillarda tushirilgan oq-qora fotosuratlari yetib kelgan.

Muhammad Amin toʻpchiboshi Buxoro amirligining Xurosondagi mavqeini mustahkamlashda faol qatnashadi. Ayniqsa, Marvda Bayramalixondan keyingi notinchliklarni bartaraf etishda uning xizmati katta boʻlgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz