Muhammad Amin toʻpchiboshi




Muhammad Amin toʻpchiboshi (Muhammad Aminbiy toʻpchiboshi) — oʻzbek davlat arbobi. Harbiy qoʻmondon va sarkarda. Oʻzbek hukmdorlari Amir Shohmurod (1785—1810) va Amir Haydarning (1810—1825) toʻpchiboshisi — Buxoro amirligining harbiy vaziri.

Muhammad Amin toʻpchiboshi oʻzbek hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1810) davlatni boshqarishdagi eng yaqin kishilaridan edi. U Buxoro amirligining Xurosondagi mavqeini mustahkamlashda faol qatnashadi. Ayniqsa, Marvda Bayramalixondan keyingi notinchliklarni bartaraf etishda uning xizmati katta boʻlgan.

Muhammad Amin toʻpchiboshi donatorligida mamalakatning poytaxtida bunyod etilgan Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi bizgacha yetib kelmagan. Madrasa 1925—1929-yillarda buzib yoʻq qilingan.

Muhammad Amin toʻpchiboshining oʻgʻli Yoshi Uzoqbek ham otasi kabi saroy xizmatida boʻlgan. U Amir Nasrulloh (1827—1860) davrida mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etib toʻqsabo lavozimigacha koʻtarilgan. Amirning Balxga yurishida qatnashgan. Otasi kabi poytaxt Buxoroda madrasa qurdirgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz