Muhammad Amin ibn Mirza Muhammad Zamon Buxoriy So`fiyoniy




Muhammad Amin Buxoriy , Muhammad Amin ibn Mirza Muhammad Zamon Buxoriy Soʻfiyoniy (17-asr) — buxorolik tarixchi olim.

Buxoro shahrining Soʻfiyon mahallasidan boʻlgan, Hayoti toʻgʻrisida maʼlumotlar deyarli saqlanmagan. Taxminan 60 yoshida "Muhit attavorix" — "Tarixlar okeani" (1700) asarini yozgan. Asar 10 bobdan iborat boʻlib, uning keyingi boblari somoniylar va ashtarxoniylar davrini oʻz ichiga oladi. Asarda olimlar, xattotlar va naqkrshlar haqida noyob maʼlumotlar mavjud. Ayniqsa, Subhonqulixon (xukmronligi: 1681 — 1702) davrida yuz bergan siyosiy voqealar. Buxorodagi markaziy hokimiyatga boʻysunishni xohlamagan Balx viloyati ustiga yurishlar, Xiva xonining Qorakoʻl, Karmana, Vardonzega bosqinlari tasviriga katta oʻrin ajratilgan. Bu asar u bilan taxminan bir paytda yozilgan Muhammad Yusuf Munshiynit "Tarixi Muqimxoniy" va Mir Muhammad Amin Buxoriynchnt "Ubaydullanoma" asarlari bilan birgalikda ashtarxoniylar davrini yoritishda mu-xim manba hisoblanadi. Asarning Toshkent, Sankt-Peterburg, Parijda qoʻlyozma nusxalari mavjud.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz