Muhammad al-Xuvajjoniy
(Abul Fazl) Muhammad ibn Ali ibn Mansur ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn Abul Abbos ibn Ismoil as-Sinjiyal-Xuvajjoniy (hijriy 429-yil shaʼbon oyining oʻrtasidagi bir tun (milodiy 1038-yil)da Marvda dunyoga kelib, hijriy 538-yil (milodiy 1144-yil)da vafot etgan) — obroʻ-eʼtiborli va solih shayx boʻlgan. Xuvajjonda istiqomat qilgan. Hadis tinglagan va tinglaganlarini nasx xati bilan yozib qoldirgan. Oʻzi uchun hadis izlab Nishopurga borgan. Marv va Nishopurda hadis tinglagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org