Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot




Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti“ bilan matematika sohasidagi fundamental va amaliy ilmiy izlanishlari natijalariga koʻra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar, shu jumladan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakka tartibda taqdirlanadi. Mukofot bilan taqdirlash bir shaxsga matematika sohasidagi bir yoki bir nechta yutuqlari uchun amalga oshirilishi mumkin.

Mukofot jamgʻarmasi



Taqdimnoma Kengash tomonidan maqullangan taqdirda mukofotga sazovor boʻlganlarga 50 ming AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti topshiriladi.

Mukofotlash tartibi



Mukofot 2 yilda bir marta Prezident tomonidan Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining (Kengash) taklifiga koʻra quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha beriladi:

Matematika sohasidagi yutuqlarni aniqlash va mukofot bilan taqdirlanadigan nomzodlarning dastlabki roʻyxatini tayyorlash uchun Matematika jamiyatida doimiy asosda faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotiga nomzodlar boʻyicha takliflarni tayyorlash Qoʻmitasi tuziladi.

Qoʻmita Matematika jamiyatiga aʼzo boʻlgan ekspertlardan iborat tarkibda tuziladi va Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi qarori bilan tasdiqlanadi.
Qoʻmita tarkibiga Matematika jamiyati aʼzosi boʻlgan matematika sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Qoʻmita matematika sohasidagi ilmiy yutuqlarni aniqlash uchun doimiy kuzatuvlar oʻtkazadi.

Kuzatuv natijalariga koʻra aniqlangan tegishli ilmiy yutuqlar boʻyicha Qoʻmita a’zolari tomonidan ekspert baholash asosida xulosalar tayyorlanadi.

Mukofot bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxati Matematika jamiyatining umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.

Unda fundamental sohadagi tadqiqotlar boʻyicha:

yoshlar oʻrtasidagi tadqiqot boʻyicha:

iqtisodiyotning real sektoridagi muammoning yechimini taʼminlagan tadqiqotlar boʻyicha:

Istisno holatlar




Mukofot 1 ta yoʻnalish boʻyicha 1 ta olimga yoki olimlar jamoasiga teng taqsimlanish asosida beriladi. Shu bilan birgalikda, Mukofot har 2 yilda 3 ta yoʻnalishga ham beriladi degani emas, agar mukofot talablariga mos nomzodlar boʻlmasa yoʻnalishlar boʻyicha mukofot taqdim etilmasligi mumkin.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz