Muhammad al-Xorazmiy (Abu Bakr)




Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiy at-Tabarxaziy  (935-yil, Xorazm — 993-yil, Nishopur) — shoir. Uning otasi tabariylik, onasi esa xorazmlik bo‘lib, shu ikki ismdan tarkib topgan Tabarxaziy nisbasi bilan tanilgan. U arab tili usullarining bilimdoni va hofizi, g‘oyatda mashhur shoir, adib va nosir bo‘lgan. U Xorazmda 955-yil tugʻilib, o‘sib-ulg‘ayib, o‘smirlik chog‘ida ilm olish maqsadida ayrim shaharlarga safarlar qilgan. Jumladan, Sijistonga borganda, avval shahar hokimi Tohir ibn Muhammadni maqtab qasidalar bitgan, so‘ngra hokimni hajv qilganda, hokim uni hibsga olgan. Hibsdan chiqqach, yana safarini davom ettirib, bir muddat Damashqda yashagan, so‘ngra Halabning yaqinida ham biroz istiqomat qilgach, Nishopurga o‘tib, Sohib ibn al-Abbod bilan bog‘langan. Muhammad al-Xorazmiy Sohib ibn al-Abbodning majlisini xush ko‘radigan fozillardan biri edi. U ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan bo‘lib, undan ham ko‘plab hadislar rivoyat qilingan. U 993-yilning ramazon oyida Nishopurda vafot etgan.

Asarlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz