Muhammad al-Xorazmiy




(Abu Bakr) Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiy (Xorazmda hijriy 333-yil (milodiy 945-yil)da tavallud topib, hijriy 383-yil ramazon oyi (milodiy 993-yil)da Nishopurda vafot etgan) — taniqli shoir va adib boʻlgan. Uni, koʻpincha, at-Tabariy deb ataganlar, chunki u Muhammad ibn Jarir at-Tabariy opasining oʻgʻli boʻlgan. Lug‘at va sheʼr yodlashda oʻz zamonasining yaktosi boʻlgan. Bolaligidayoq ilm izlab ayrim oʻlkalarga borgan. Yoʻl-yoʻlakay Sijistonga tashrif buyurgan va uning voliysi Tohir ibn Muhammadni avval madh, soʻngra mazax qilgan. Voliy esa uni hibsga olgan. Keyinchalik ozod etilib, oʻz sayohatini davom ettirgan. Damashqda bir muddat turgan, soʻngra Halab nohiyasida yashagan. Keyinchalik Nishopurga koʻchib borgan va u yerda doʻsti ibn Ibod bilan muloqotlar olib borgan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar.

Asarlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz