Muhammad al-Ustrushaniy




Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin al-Ustrushaniy (953-yil, Ustrushana — 1016-yil) — faqih. 953-yilda Ustrushanada tavallud topgan. U fiqh ilmidan tahsil olish maqsadida 976-yili 23 yoshida Bagʻdodga borib, u yerda shayx as-Saymariy va bosh qozi Abu Abdulloh ad-Domigʻoniylarga shogird tushgan. U tahsil olib boʻlganidan soʻng Baytul Muqaddasga borib, u yerda muqim yashab qoladi. Umrining oxirida yana Bagʻdodga qaytib kelib, 1016-yili oʻsha yerda vafot etgan. Uning oʻgʻli Iroqning Mosul shahri yuqorisida joylashgan kurdlarning Fanak nomli qalʼasida qozi boʻlgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz