Muhammad al-Usmandiy




Muhammad ibn Abdulhamid ibn Husayn ibn Hasan ibn Hamza al-Usmandiy (1017-yil — 1109-yil) — oʻz zamonasida Alaulolam al-Usmandiy nomi bilan mashhur boʻlgan hanafiy mazhabi faqihlaridan biri. U ilm talabi bilan bir necha Sharq mamlakatlarida boʻlgan. Fiqh, hadis va tafsir ilmlarini puxta egallab, bir necha jilddan iborat fiqhiy asar yozgan. Ammo u bizgacha yetib kelmagan. U 1017-yili Samarqandda tugʻilib, 1109-yil shu yerda vafot etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz