Muhammad al-Marvaziy
Muhammad ibn Nasribn Hajjoj al-Marvaziy (Abu Abdulloh) — faqih va muhaddis. U milodiy 818-yil (hijriy 202-yil) Bag‘dodda tug‘ilgan. Otasi Nasr ibn Hajjoj asli marvlik. Yoshlik yillarida ilm talabi bilan Hijoz, Shom, Misr va Iroqda bo‘lgan. Muhammad ibn Nasr oilasi bilan milodiy 874-yil (hijriy 260-yil) Naysoburga kelib ilmni davom ettirgan. Keyinchalik milodiy 888-yil (hijriy 275-yil) Samarqandga kelib, shu yerda muqim yashab qolgan. Uning „al-Qasoma“ („Taqsim qilishmasalalari“), „Taʼzimu qadri-s-solat“ („Namoz qadrini ulug‘lash“), „Rafʼul yadayn“ („Namozda ikki qo‘lni ko‘tarish masalasi“) va „al-Iymon“ („Ishonch“) kabi fiqhiy va aqidaviy asarlari bor. Muhammad al-Marvaziy milodiy 907-yil (hijriy 294-yil) muharram oyida vafot etgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadisrivoyat qilganlar. .
Manbalar
uz.wikipedia.org