Muhammad al-Kubindaviy (Abu Bakr)
Muhammad ibn Monoz Amirak ibn Shoh al-Kubindaviy (hijriy 430-yil (milodiy 1039-yil)da tavallud topib, 493-hijriy yilning safar oyining uchinchisi (milodiy 1100-yil) — dushanba kuni 63 yoshida Nasafda vafot etgan) — imom va hofiz bo‘lgan. Samarqandda ko‘p hadislar eshitgan, o‘zi ham boshqalarga hadislar aytgan, bir qancha muddat „Nahr al-Qassoriyn“ mahallasida vaʼzxonlik ham qilgan. U ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan, undan ham rivoyatlar keltirganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org