Muhammad al-Kashmihniy




(Abulhaysam) Muhammad ibn Makkiy ibn Muhammad ibn Zuroʻ ibn Horun ibn Zuroʻ al-Kashmihniy (hijriy 389-yil (milodiy 999-yil)da vafot etgan) — Sharq va G‘arbda „al-Jomiʼ“ kitobi bilan mashhur bo‘lgan. Chunki u ushbu kitobida Xurosonda oliy isnod bilan hadis rivoyat qilgan oxirgi olimdir. Faqih, adib, xudojo‘y va zohid inson bo‘lgan. Iroq va Hijozga borgan, u yerda katta shayxlarning muloqotiga yetishgan. Farabr, Marv, Saraxs, Ray, Bag‘dod, Kufa va Makkada hadis eshitgan. U olimlardan hadis rivoyat qilgan, olimlar ham undan rivoyat qilganlar.

Asari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz