Muhammad Ali Xazin




Muhammad Ali Xazin (1692-1776) — dariyzabon shoir, eronlik shayx . U asli eronlik shiamazhab shayx boʻlib Afgʻoniston orqali Hindistonga keldi va umrining oxirigacha shu yurtda qolib, nihoyat Banorasda vafot etdi.

Hayot yoʻli



Fufalzoyining yozishicha, Xazin Hindistonga borib Ahmadshoh Durroniy xizmatiga kirgan. Uning Ahmadshoh bilan bevosita tanish bo'lgani yoki Ahmadshoh uning she'riyatidan xabardor bo'lganini taxmin qilish mumkin. Xazinning bir she'riga Ahmadshoh javob yozgani haqidagi ma'lumot shunday deyishga asos bo'ladi. Temurshoh Durroniy saltanatining Hindistondagi viloyatlarida hokim bo'lib yurgan vaqtida ham Xazin shu yurtda yashab ijod etgan. Xazin hindistonlik shoirlar orasida ham ancha taniqli shaxs bo'lgan. Bunga bir tomondan Xazinning she'ridagi iqtidori sabab bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan uning Hindiston haqida tanqidiy fikrlar aytgani sabab bo'lgan. Uning bunday qilmishi hind ijodkorlari tomonidan salbiy baholandi, hatto Hindistonning mashhur dariyzabon shoirlaridan biri Xon Orzu unga qarshi "G'ofillarga tanbeh" asarini yozib , uning she'riyatini tanqid ostiga olgan.

Ijodi



Xazindan mukammal she'rlar devoni meros bo'lib qolgan. U devonga kirgan asarlardan tashqari boshqa janlarda ham ijod etgani, jumladan , safarnomalar yozgani haqida aytiladi. Xazin vafoti munosabati bilan hind qalamkashlar xronogramma - tarixlar yozgani, ayniqsa, ular orasida Ozod Bilgiromiy kabi taniqli ijodkorning ham bo'lgani, shoirning bu mamlakat adabiy muhitida ma'lum mavqega ega bo'lganini ko'rsatadi. Ozod Bilgiromiy xronogrammasi quyidagicha edi:

تاریخ وفات او نوشتم — از فوت حزین حزین دل ماست.
Uning vafoti sanasi haqida yozdim:
Hazin vafotidan dilimiz munglidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz