Muhammad Ali (Misr)




Muhammad Ali (4-mart 1769-yil, Kavala shahri, Makedoniya — 2-avgust 1849-yil, Iskandariya) — Misr hukmdori (podshosi) (1805—49). 1952-yil iyul inqilobigacha hukmronlik qilgan sulola asoschisi, asli alban, yanicharlardan. M.A. tamaki sotish bilan shugʻullangan, 45 yoshida oʻqishni oʻrgangan. 1799—1801-yillarda turk armiyasi tarkibidagi alban otryadiga boshchilik qilib, Misrdagi Turkiya— Fransiya urushida qatnashgan. Umar Makram boshchiligidagi Qohira musulmon ulamolariga tayanib hokimiyatni egallagan (1805). M.A. dastlab Umar Makramni qatl etgan, soʻngra mamluk beklarini qirib tashlab, nomigagina Turkiyaga tobe, aslida Misrning yakka hokimiga aylangan. Muntazam armiya tuzib, uning yordamida Arabiston yarim orol (1811-18), Sharqiy Sudan (1820-22)ni bosib olgan, Grek mshtliy ozodlik inqilobini bostirishda qatnashgan (1824—28), Turkiya sultoniga qarshi urushlar olib borgan (1831—33 va 1839—40). Harajatlarni qoplash maqsadida vaqf, mamluklar va ijaradorlarning yerlarini davlat ixtiyoriga tortib olgan. 1829-yildan yerlarni oʻz yaqinlariga boʻlib bera boshlagan. M.A. maʼmuriy idoralarni qaytadan tashkil etgan, qishloq xoʻjaligi, sanoatni rivojlantirish tadbirlarini koʻrgan. Bu ishlarni amalga oshirishda chet el, asosan, fransuz mutaxassislariga tayangan. Uning davrida tashqi savdo rivojlangan; bir necha dunyoviy maktablar ochgan. Misr yoshlarini chet ellarga oʻqishga yuborgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz