Muhammad Ali (kotib)




Muhammad Ali al-Kotib as-Sultoniy (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattot. Buxoro xattotlik maktabi vakili. 1553-yili Buxoroda “Xamsa”ning “Sabʼai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarini koʻchirgan. Mazkur qoʻlyozma Angliyada, Oksford universiteti Bodleyan kutubxonasida Yelliot 318-raqami ostida saqlanadi. Hajmi 340 varaq. Qoʻlyozma tarkibidagi har bir doston alohida muqovaga olingan boʻlib, matn nas­taʼliq xatida koʻchirilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz