Muhammad al-Barzanjiy
Muhammad ibn Abdurrasul ibn Qalandar ibn Abdussayyid al-Barzanjiy ash-Shahrizoʻriy al-Madaniy ash-Shofiʼiy (Shahrizo‘rda hijriy 1040-yil (milodiy 1631-yil)da tugʻilib, muharram oyining boshida Madina shahrida hijriy 1103-yil (milodiy 1692-yil)da vafot etgan) — mufassir, muhaddis, usulshunos, adib, tilshunos, ritorik, ilmi sarf va boshqa ilm sohalarida faoliyat olib borgan olim. Hamadon, Bag‘dod, Damashq, Konstantinopol va Misrga borgan. Madinai munavvarada istiqomat qilgan va saboq olgan.
Asarlari
Aytishlaricha, u oltmishdan ortiq asarni taʼlif etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org