Muhammad alBaradey




Muhammad al-Baradey (1942, Qohira) — misrlik huquqshunos. Xalqaro huquq d-ri (1974). Qohira universitetini tugatgan (1962). Qohiradagi diplomatiya xizmati xodimi (1964-yildan), Misr tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi (1974—78), BMT qoshidagi Oʻquv va ilmiy tadqiqot institutida xalqaro huquq dasturi boʻyicha katta aspirant (1980-yildan), Nyu-York universitetida xalqaro huquq adyutant-prof. (1981—87). Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning Bosh direktori (1997-yildan). Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va undan eng xavfsiz usullar bilan foydalanish uchun kurashgan. Nobel mukofoti laureati (2005, hamkorlikda).

Manbalar




Andoza:AEXA bosh direktorlari

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz